Joriy yilning 20 fevral kuni Koson tumanidagi 9-umumta’lim maktabida Harakatning tuman Kengashi, tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi, xotin-qizlar qo‘mitasi, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi, halq ta’limi va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqaning 5 ta yosh toifasi doirasida o‘g‘il va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Kamolot shaxmat taxtasi” VIII Respublika turnirini tuman bosqichiga start berildi.
Ushbu musobaqalarning tuman final bosqichi zo‘r qiziqish va ko‘tarinki ruhda yanvarь-fevralь oyi davomida o‘tkazilib, musobaqalarning maktab bosqichlarida 2940 nafar o‘g‘il va qizlar ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 392 nafari musobaqalarning tuman bosqichida bellashdilar.
Musobaqaning guruh bahslaridan finalga chiqqan o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ertalabdan boshlangan musobaqalar 1/2, 2/0, 2/1 va 0/2 final uchrashuvlari ayniqsa, qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 8 yoshgacha yoshli qizlar o‘rtasida 9-maktab o‘quvchisi Normurodova Madina 1-o‘rinni, 9-maktab o‘quvchisi Mamatqulova Shabnam 2-o‘rinni, 33-maktab o‘quvchisi Bobonazarova Yulduz 3-o‘rinni, 8 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 83-maktab o‘quvchisi Hamroev Iqbol 1-o‘rinni, 91-maktab o‘quvchisi Norbo‘taev Alpomish 2-o‘rinni, 9-maktab o‘quvchisi Toshniyozov Apomish 3-o‘rinni, 12 yoshgacha qizlar o‘rtasida 50-maktab o‘quvchisi Orziqulova Madina 1-o‘rinni, 49-maktab o‘quvchisi Dilshodova Dilnura 2-o‘rinni, 83-maktab o‘quvchisi Boymurodova Shaxzoda 3-o‘rinni, 12 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 73-maktab o‘quvchisi Temirov Xayrullo 1–o‘rinni, 90-maktab o‘quvchisi Shukurov Alisher 2-o‘rinni, 7-maktab o‘quvchisi Xolboev Shohjahon 3-o‘rinni, 14 yoshgacha qizlar o‘rtasida 66-maktab o‘quvchisi Fazliddinova Muxlisa 1-o‘rinni, 1-maktab o‘quvchisi Haydarova Mohinur 2-o‘rinni, 50-maktab o‘quvchisi Alieva Nuriya 3-o‘rinni, 14 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 5-maktab o‘quvchisi Dovurov Shaxzod 1-o‘rinni, 66-maktab o‘quvchisi Choriyev Shohjahon 2-o‘rinni, 50-maktab o‘quvchisi Xoliyorov Fazliddin 3-o‘rinni, 19 yoshgacha kollej o‘g‘il bolalari o‘rtasida Koson maishiy xizmat kasb-hunar kolleji talabasi Temirov Xayrullo 1-o‘rinni, Sanoat transport kasb-hunar kolleji talabasi Axmedov Umid 2-o‘rinni, Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji talabasi Xamdamov Baxtiyor 3-o‘rinni, 19 yoshgacha bo‘lgan kollej qizlari o‘rtasida Koson sanoat transport kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nomozov Adiba 1-o‘rinni, Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Qudratova Dilmehr 2-o‘rinni, Pedagogika iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nazarova Feruza ko‘lga kiritdi.
Musobaqalarning yakuniy final bosqichida 30 nafar g‘olib aniqlandi. Shu g‘oliblardan 1-o‘rinni egallagan o‘quvchi yoshlar musobaqalarning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
SHuningdek, nominatsiyalar bo‘yicha ham 5 nafar ishtirokchilar taqdirlandilar.
Musobaqalarning barcha bosqichida qatnashgan maktab va kollej o‘quvchi yoshlari tuman Kengashi va hamkor tashkilotlarning diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.